Xitoy poytaxti Pekinda oxirgi 4 kun ichida shaharda kasallik bo‘yicha 79 ta yangi holat aniqlandi — Pekinda bunday statistika fevral oyidan beri kuzatilmayotgan edi, deya xabar berdi Reuters. “Sinfadi” bozorida virus tarqalishi holatlari aniqlangach, Pekinda favqulodda holat e’lon qilinib, maktablar, sport inshootlari yopildi va barcha tadbirlar bekor qilindi.

Aniqlanishicha, Pekinda so‘nggi ikki oy ichidagi ilk bor koronavirus aniqlangan bemor yaqin orada shahar tashqarisiga chiqmagan va shaharga yaqinda kelgan insonlar bilan muloqotda bo‘lmagan. Keyinchalik aniqlanishicha, u iyun oyining boshida “Sinfadi” bozorida bo‘lgan.

Bir qator tadqiqotlardan keyin Pekinga virus Yevropadan kirib keldi, degan xulosa chiqarildi. Epidemiologlar virus muzlagan go‘sht va baliq maxsulotlari orqali kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda. Ya’ni, bu ko‘pchilik o‘ylaganidek “ikkinchi to‘lqin” emas, balki birinichisining davomidir.

Hozirda bozordagi barcha ishchilar testdan o‘tkazilmoqda. Hukumat, shuningdek, 30 maydan buyon ushbu bozorda bo‘lgan barcha 200 ming aholi ham testdan o‘tkazishi lozimligini ta’kidlab, ularga hozirgi vaziyatda o‘z uylarida 14 kunlik karatinda qolishlarini tavsiya qildi.

Virus tarqalishining yangi o‘chog‘i deb topilayotgan “Sinfadi” chakana bozori Pekin janubida joylashgan bo‘lib, Xitoydagi eng katta bozorlardan biri hisoblanadi. 10 mingdan ortiq ishchi ishlaydigan bozor Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoridan 20 marta kattaroq. Bu yerdan maxsulotlar Pekindan tashqari Xitoyning ko‘plab shimoliy viloyatlariga ham yetkaziladi.