13 iyun kuni 17:30 da Namangan shahrida yashovchi U.Xolmirzayev (1976 y.t., sudlanmagan, ishsiz) yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i M.Mamajanova (1984 y.t., sudlanmagan, uy bekasi) bilan oilaviy mojarolar sababli janjallashib, uni bolta bilan bosh va bo‘yin sohasiga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

So‘ng, U.Xolmirzayev voyaga yetmagan farzandlari Abdurashidova Mushtariy (2010 y.t., maktab o‘quvchisi), Abdurashidova Mubina (2012 y.t., maktab o‘quvchisi) va I.Abdurashidovalarni (06.02.2020 y.t.) ham bolta bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, I.Abdurashidova voqea joyida vafot etgan, Abdurashidova Mushtariy va Abdurashidova Mubinalar esa tan jarohati olib, qo‘shnisi A.Djalilovning yashash xonadoniga qochib chiqishgan.

Shundan so‘ng, U.Xolmirzayev yashash uyining oshxonasida o‘zini-o‘zi yoqib yuborib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan U.Xolmirzayevga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi va 25,97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.