15 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5103 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 1141 kishi davolanmoqda. Ulardan 12 nafar bemor og‘ir, 2 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. O‘n to‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.