Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Bunda, jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talabiga qat’iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.

Komissiya qaroriga ko‘ra, karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’ektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va b) tegishli ob’ektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu ob’ektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur sub’ektlar hisobidan qoplanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan boshlab buyum bozorlari, kafe, restoranlar, xususiy bolalar bog‘chalari, hamda shaharlararo avtobuslar qatnoviga ruxsat berildi.