O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 5000 nafardan oshdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

14 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 nafarga ortib, jami 5051 kishini tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent shahri aholisi orasida, 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari aholi orasida, 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (1 nafari aholi orasida, yana bir nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 3910 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1122 nafar koronavirus bemorlari davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.