10 iyun kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov olib bordi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. 2017 yildan buyon muassasaga rahbarlik qilib kelgan Abduqahhorov Odiljon Abdug‘aniyevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jamaldinov Alisher Xudayberdiyevich vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Odiljon Abduqahhorov.

Alisher Jamaldinov (1975 yilda tug‘ilgan) Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining sharq musiqasi fakultetini tamomlagan (1999).

Mehnat faoliyati davomida 2013−2018 yillarda O‘zbekiston Madaniyat vazirligida bir qancha mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritgan, xususan Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida mehnat qilgan. 2018 yildan boshlab «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida ijodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelmoqda.