Transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi «O‘zavtosanoat» tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar narxiga ta’sir ko‘rsatmaydi, deya ma’lum qildi kompaniya boshqaruv raisi maslahatchisi Ilyos Jabborov.

«Utilizatsiya yig‘imiga keladigan bo‘lsak, „O‘zavtosanoat“ 1 avgustdan hamma bilan teng ravishda uni to‘laydi va, shu bilan birga, qat’iy ishonch bilan aytamizki, bizda ishlab chiqilgan mashinalarimiz uchun byudjetga ajratmalarning yangi turi iste’molchi uchun yakuniy narxga ta’sir qilmaydi», — dedi u.

«O‘zavtosanoat» boshqaruv raisining maslahatchisiga ko‘ra, kompaniya bir qator biznes jarayonlarini optimallashtirish orqali qo‘shimcha xarajatlarni tenglashtirishga harakat qiladi.

Shuningdek, kompaniya avtomobillar importiga qo‘yiladigan aksiz solig‘ining bekor qilinishi bo‘yicha ham izoh berdi.

«Mazkur aksiz solig‘ining bekor qilinishi raqobatdosh brendlar uchun shart-sharoitlarni yaxshilaydi va, shu o‘rinda, bu masalada bizning pozitsiyamiz iste’molchilar uchun ochiq raqobatga o‘tishdadir», — deya ta’kidladi Ilyos Jabborov.