Tesla kompaniyasining aksiyalari ilk bor 1000 AQSH dollarlik marrani bosib o‘tdi va buning oqibatida Tesla $190 mlrd dollarlik kapital aylanuvi bilan avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Bu haqda Nasdaq birjasidagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin. Bu borada Tesla ning eng yaqin raqobatchisi Yaponiyaning Toyota kompaniyasi hisoblanib, hozirda $182 mlrd ga ega.

Reuters ning xabar berishicha, Tesla aksiyalarining narxlari ko‘tarilishiga kompaniya bosh direktori Ilon Mask ishchilarga Tesla ning o‘z yuk mashinalarini ishlab chiqarishga tayyor ekanligi haqidagi xat turtki bo‘lgan. Mask aniq sanalar haqida ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, u bu xabarni tasdiqladi.

Shu bilan birga, Reuters Tesla kompaniyasining o‘sishi borasida yana ikkita sabab keltirdi. Birinchisi, investitsiyalashtiruvchi kompaniya Wedbrush Tesla ning imkoniyatlarini yuqori baxolab, uning aksiyalari narxini 1000 AQSH dollaridan yuqori yuo‘lishshini prognoz qildi.

Ikkinchi sabab sifatida Reuters investorlar yaqinda Mask Tesla akkumulyatorlarining o‘zida yanada ko‘proq quvvat saqlay oladigan, arzon va uzoq vaqt xizmat qiladigan yangicha texnologiyasini taqdim etishini kutmoqda. Mask yuborgan xabarda aytilishicha, batareyalar va quvvat agregatlari Giga Nevada kompaniyasi zavodida ishlab chiqariladi.