Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlat chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga va ikki mamlakat o‘rtasida to‘siqsiz yuk tashishni ta’minlashga kelishib oldilar. Bu haqda 10 iyun kuni ikki mamlakatning bosh vazirlari Asqar Mamin va Muhammedqali Abilgaziyev o‘rtasidagi telefon suhbatidan ma’lum bo‘ldi.

Suhbat davomida tomonlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va aholini undan himoya qilish choralarini muhokama qildilar.

Avvalroq, Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi Qozog‘istonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOEI) mamlakatlarining tovarlar, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega va oziq-ovqat mahsulotlarining erkin harakati to‘g‘risidagi kelishuviga rioya qilmaganlikda ayblagan edi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston yettita nazorat punktidan beshtasini yopib qo‘ygan va mashinalarning Qirg‘izistondan o‘tishi uch baravar tez bo‘lsa ham, qo‘shni davlatga kirish joyida 3−4 kunlab turib qolmoqda.

Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi respublika bir yildan ko‘proq vaqtdan beri qo‘shnilarni raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tovarlar harakatida shaffoflik masalasini hal qilishga chaqirmoqda, ammo “Bishkek Nur-Sultonning konstruktiv takliflariga „kar“ bo‘lib qolmoqda”, deya javob qaytargan.