11 iyun kuni soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4717 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan), 3 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda qolgan 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida qayd etilgan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 94 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 3611 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Kun davomida esa 79 nafar bemor dardiga shifo topgan. Bunda, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 50 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafardan, jami 79 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.