Chorshanba kuni O‘zbekistonda jami 103 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami holatlar 4623 taga yetdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shundan karantin muassasalarida — 64 nafar, aholi orasidan (Toshkent viloyatida — 11, Toshkent shahrida -7, Sirdaryo viloyatida — 3, Samarqand va Buxoro viloyatlarida -2, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida — 1 nafardan) jami 27 nafar va 12 nafar xorijdan mamlakatimiz xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.

Shuningdek, 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4623 nafar bemordan 3532 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda mamlakatning to‘qqiz xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1072 nafar бемордан 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Shu kungacha jami 454 119 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 407 350 nafari karantindan chiqarilgan.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 23 157 nafar, statsionar karantinda esa 23 612 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.