O‘zbekistonda bir kunda 105 nafar kishi koronavirus kasalligidan forig‘ bo‘ldi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xususan, poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 50 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafardan bemor sog‘aydi. Shuningdek, Samarqand viloyatida 9 nafar va Navoiy viloyatida esa 17 nafar bemor tuzaldi.

️Hozirga qadar mamlakatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3637 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich infeksiya aniqlangan bemorlarning 76 foizi sog‘ayganligini bildiradi. 11 iyun soat 16:30 holatida jami tasdiqlangan holatlar 4717 tani tashkil etishini hisobga olsak, ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1080 nafar COVID-19 bemori davolanmoqda.