9 iyun kuni «Rosgeologiya» kompaniyasi va Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan berilgan vakolati bilan «O‘zbekgeofizika» kompaniyasi O‘zbekistondagi uglevodorod salohiyatini aniqlash bo‘yicha geologorazvedka ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda «Rosgeologiya» xoldingi bayonotida ma’lum qilinadi.

Kompaniya respublika hududlarining neftgazlilik salohiyatini chuqur o‘rganish asosida istiqbolli maydonlarni aniqlashga yo‘naltirilgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot va dala geofizika ishlarini amalga oshirish, xususan Orol dengizi akvatoriyasidagi va uning janubiy qismidagi tranzit zonalari salohiyatini baholash hamda yangi uglevodorod konlarini topish ishlarni amalga oshiradi.

Mazkur shartnoma fevral oyida O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Rosgeologiya davlat qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan yer qa’ridan foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida imzolangan.

O‘zbekiston hukumatining 23 apreldagi qarori bilan «Rosgeologiya» Orol dengizi va unga tutash hududlarni uglevodorod xom ashyosi bo‘yicha geologik jihatdan o‘rganish dasturining ijrochisi bo‘lishi belgilandi.

Shartnomada ko‘zda tutilgan dasturni amalga oshirish va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun «Rosgeologiya» kompaniyasi Rosgeo Uzbekistan sho‘’ba korxonasini tashkil qilib, unga O‘zbekiston bosh vazirining sobiq maslahatchisi, sobiq iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayevni rahbar etib tayinladi.