Norma.uz ekspertlari 1 avgustdan aksiz solig‘ining olib tashlanishi va utilizatsiya yig‘imlarining joriy qilinishi yuzasidan kutilayotgan narxdagi o‘zgarishlarni hisob-kitob qilib chiqishdi.

Hozirgi paytda O‘zbekistonga transport vositasini olib kirish uchun quyidagi to‘lovlarni amalga oshirish lozim: bojxona boji, aksiz solig‘i, bojxona yig‘imi va QQS.

M1 kategoriyadagi transport vositalari: yengil avtomobillar (yangi)

Dvigatel ish hajmi 1000 kub. smdan yuqori bo‘lmagan hajmda, o‘rtacha narxi — 6000 AQSH dollari

1 avgustgacha:

  • Bojxona boji — 3240 (o‘rtacha narxdan 54%);
  • Aksiz solig‘i — 1920 (narxdan 32%)
  • QQS — 1674 (avtomobil narxi, bojxona solig‘i va aksiz solig‘ining umumiy narxidan 15%)
  • Bojxona yig‘imi — 25 (narxdan 0,2%, lekin 25 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda)
  • Utilizatsiya yig‘imi — 0
  • Umumiy majburiy to‘lovlar — 6859
  • Oxirgi narx — 12859

1 avgustdan boshlab:

  • Bojxona boji — 3240 (o‘zgarishlarsiz)
  • Aksiz solig‘i — 0
  • QQS — 1386 (avtomobil narxi va bojxona bojidan umumiy 15%)
  • Bojxona yig‘imi — 25 (o‘zgarishlarsiz)
  • Utilizatsiya yig‘imi — 659 (30 BHMning dollardagi ekvivalenti)
  • Umumiy majburiy to‘lovlar — 5310
  • Oxirgi narx — 11310
  • Farq — 1549 dollarga arzonroq

Dvigatelning ish hajmi 3000 kub. sm dan yuqori, lekin 3500 kub. sm dan yuqori bo‘lmagan hajmda, o‘rtacha narxi — 30000 dollar

1 avgustgacha:

  • Bojxona boji — 18000 (o‘rtacha narxdan 60%)
  • Aksiz solig‘i — 9300 (narxdan 31%)
  • QQS — 8595 (avtomobil narxi, bojxona solig‘i va aksiz solig‘ining umumiy narxidan 15%)
  • Bojxona yig‘imi — 60 (avtomobil narxidan 0,2%, lekin 25 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda)
  • Utilizatsiya yig‘imi — 0
  • Umumiy majburiy to‘lovlar — 35955
  • Oxirgi narx — 65955

1 avgustdan boshlab:

  • Bojxona boji — 18000 (o‘zgarishlarsiz)
  • Aksiznыy nalog — 0
  • QQS — 7200 (avtomobil narxi va bojxona bojidan umumiy 15%)
  • Bojxona yig‘imi — 60 (o‘zgarishlarsiz)
  • Qayta ishlash solig‘i — 3955 (180 BHMning dollardagi ekvivalenti)
  • Umumiy majburiy to‘lovlar — 29215
  • Oxirgi narx — 59215
  • Farq — 6740 dollarga arzonroq

Buning natijasida, import qilinadigan yengil avtomobilning so‘nggi narxi, utilizatsiya yig‘imining joriy qilinishiga qaramasdan, aksiz solig‘ining bekor qilinishi natijasida pasayadi. Dvigatel ish hajmi 1000 kub. sm dan yuqori bo‘lmagan yengil avtomobilning narxi 12% ga kamayadi, dvigatel ish hajmi 3000 kub. sm dan yuqori bo‘lgan avtomobillar narxi esa — 10%ga.

Eslatib o‘tamiz, utilizatsiya yig‘imini avtomobillarni import qilganlar ham, O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar ham birdek to‘laydi. Utilizatsiya yig‘imi O‘zbekiston hududida ishlab chiqariladigan avtomobillar narxiga qanday ta’sir qilishi haqida hozircha ma’lumot berilgani yo‘q.