Toshkentning Chilonzor tumanida 9 iyun kuni 12:00 atrofida uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Hodisa Qatortol ko‘chasida sodir bo‘ldi, 30 yoshli S. X. va 34 yoshli X. B. boshqaruvidagi ikkita Lacetti hamda 27 yoshli U. X. haydab ketayotgan velosiped to‘qnashdi.

“Voditeli Tashkenta Drivers.uz” Telegram-kanalida aniqlik kiritilishicha, YTH “Hosilot” kafesi yaqinida sodir bo‘lgan, velosipedchi avtomobillardan birining old oynasiga urilgan.

To‘qnashuv natijasida velosipedchi tan jarohatlari oldi va tibbiyot muassasasiga yetkazildi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.