10 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4591 (+44) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, Toshkent viloyatida 2 nafar, Sirdaryo viloyatidan 8 nafar va Xorazm viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hamda 6 nafar Toshkent shahrida, 3 nafar Sirdaryo viloyatida, 1 nafar Xorazm viloyatida, 2 nafar Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.

️Ayni paytda mamlakatda 3504 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

️Hozirda to‘qqiz xududdagi tibbiyot muassasalarida jami 1069 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.