Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qaroriga asosan, adliya katta maslahatchisi Allambergenov Farxat Yembergenovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bo prokuraturasi matbuot xizmati.

Farxat Allambergenov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlagan.

U 1997 yildan 2017 yilga qadar prokuratura organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan.

Farxat Allambergenov 2018 yil noyabridan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Xidir Karimov o‘rniga tayinlandi.