COVID-19 pandemiyasi oqibatida xom ashyo tovarlari narxining tushishi, global va mintaqaviy ishlab chiqarish zanjirlaridagi uzilishlar hamda moliya bozorlaridagi yoqimsiz xatarlar darajasining [keskin] o‘sishi Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga jiddiy salbiy ta’sirlarini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Jahon bankining iyun oyi uchun e’lon qilingan “Dunyo iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotida so‘z boradi.

“Koronavirus tarqalish hududlarining kengayishi mamlakatlarda ichki talabning qisqarishi, yetkazib berishdagi uzilishlarning chuqurlashuvi va iqtisodiy faollikning kam bo‘lmagan ulushda to‘xtashiga olib keldi”, — deyiladi hisobotda.

Tahlilchilarning qayd etishicha, mintaqa davlatlari “sifatga qarab qochish” keltirib chiqargan investitsiyalar oqimi bilan to‘qnash keldi, valyutalarning kuchsizlashuvi esa olinayotgan qarzlar qiymatlarining o‘sishini keltirib chiqardi.

Mintaqada iqtisodiyotning 4,7 foizga tushishi, retsessiya mintaqaning qariyb barcha mamlakatlarida kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Faqatgina O‘zbekistonda 2020 yilda 1,5 foizlik o‘sish bo‘lishi kutilmoqda. Aprelda esa Jahon banki mamlakat YAIM hajmi 1,6 foizga o‘sishini prognoz qilgan edi. 2021 yilda esa Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,6 foizgacha ko‘tarilishini kutmoqda.

Mazkur prognoz hukumatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralari ikkinchi yarim yillikda bosqichma-bosqich bekor qilinishi bo‘yicha ta’minlardan kelib chiqqan holda tuzilgan, deyiladi hisobotda.

Pandemiya oqibatlarining bosqichma-bosqich yengillashuvi hamda savdo va investitsiyalarning qayta tiklanishi borasidagi taxminlarga asoslangan holda, 2021 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyotining 3,6 foizga o‘sii kutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Jahon banki mintaqada vaziyatning salbiy tomonga rivojlanish xavfi yuqori, deb hisoblaydi. “Keyinchalik infeksiyaning mintaqa davlatlari bo‘ylab tarqalishi va ushbu munosabat bilan cheklov choralarining joriy etilishi iste’mol va investitsiyalarga yanada og‘ir yukni keltirib chiqaradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, pul o‘tkazmalari hajmining keskin qisqarishi mintaqa iqtisodiyotidagi tushishlarni chuqurlashtiradi”, — deyiladi hisobotda.

Jahonda

Koronavirus pandemiyasi va uni ushlab turish bo‘yicha karantin choraari jahon iqtisodiyotiga keskin va keng miqyosli gangituvchi ta’sirlarini ko‘rsatib, uni chuqur retsessiyaga olib keldi. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, joriy yilda sayyoramiz iqtisodiyoti 5,2 foizga pasayishi kutilmoqda. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori tushish bo‘lib, aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining qisqarishi 1870 yildan buyon aholining yanada ko‘proq qismini qamrab oladi.

Ichki talab va taklif, savdo va moliyaga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy tebranishlar ortidan 2020 yilda iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda iqtisodiy faollikning 7 foizga pasayishi kutilmoqda.

Agarda hodisalar pessimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanadigan bo‘lsa, joriy yilda jahon iqtisodiyoi 8 foizga qisqarishi, 2021 yilda esa 1 foizdan sal ko‘proqqa o‘sishi mumkin.