Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida transport vositalari tezligini cheklovchi yo‘l belgisini o‘rnatish taklif etildi. Viloyat hokimining bu haqdagi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi.

Unga ko‘ra, barcha serqatnov avtomobil yo‘llariga yaqin joylashgan ta’lim muassasalari atrofiga «Yo‘l harakati qoidalarida» gi 3.24 (Yuqori tezlik cheklangan «50») yo‘l belgisini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Hujjat viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida harakat xavfsizligini ta’minlash, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan.

Qaror loyihasining muhokamasi 16 июнга qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mazmundagi qaror loyihasi avvalroq Samarqand viloyatida imzolangan edi.