8 iyun kuni Boysun tumani hududida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “Jihodchilar” ekstremistik oqimning (EO) bir guruh a’zolarining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi, deya xabar qildi IIV axborot xizmati. Qo‘lga olish tadbirlari Surxondaryo viloyati IIB va DXX xodimlari hamkorligida olib borilgan.

Jumladan, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Boysun tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvda ularning ayrimlari tomonidan o‘zlarining uyali aloqa vositalari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni saqlash va tarqatish orqali inson ongini yot g‘oyalar bilan buzib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, ekstremistik guruhning a’zolari mehnat muhojiri sifatida Rossiya Federatsiyasiga borib, u yerda ishlashi davomida xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g‘oyalarga yollovchi g‘oyalari ta’siriga tushib, oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Yashash manzillariga kelganlaridan keyin ham tuman hududida “Jihodchilar” ekstremistik oqimining yashirin jamoatini tuzib, yaqinlari orasida da’vat qilish ishlarini olib borgan, ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib kelgan.

Hozirda aniqlangan materiallar yuzasidan sudga doir adabiyotshunoslik ekspertizalari tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.