Kun davomida O‘zbekistonda 80 ta koronavirus holati qayd etilib, jami 4520 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Karantin muassasalarida — 42 nafar, aholi orasidan (Toshkent shahrida -11 , Navoiy viloyatida-13, Toshkent viloyatida — 1) jami 25 nafar va 13 nafar xorijdan mamlakatimiz xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.

Bugun 102 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4520 nafar bemordan 3459 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda to‘qqiz xududdagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1043 nafar bemordan 8 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Shu kungacha jami 449 627 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 403 595 nafari karantindan chiqarilgan.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 22 957 nafar, statsionar karantinda esa 23 075 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.