9 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4482 (+34) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 24 nafari xorijdan kelgan, 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan) fuqarolar orasida qayd etilgan.

️Ayni paytda yurtimizda 3444 (+87) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

️Hozirda to‘qqiz xududdagi tibbiyot muassasalarida jami 1020 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.