O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyatining Shovot kanalidan topilgan avtomashina ichidan zanjir bilan bog‘langan erkak murdasi chiqqani haqidagi habarlar yuzasidan bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 aprel kuni Xazorasp tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro T.K. bedarak yo‘qolganligi holati yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida “Chap qirg‘oq” suv taqsimlash inoshooti (kanali) dan “Tiko” rusumli avtomashina va avtomashina haydovchi o‘rindig‘ida T.K. bo‘ynidan zanjir bilan avtomashinaning rul qismiga qulflangan holdagi murda topilgan.

Hozirda T.K. ning o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.