6 iyun kuni qo‘shni Qozig‘istonning yirik shaharlarida muxolifat tomonidan norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Bu haqda Informburo.kz nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, namoyishlar mamlakatda mitinglar to‘g‘risida yangi qonun kuchga kirgan kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu qonunga ko‘ra, Qozog‘istonda mitinglarni o‘tkazish jarayoni tegishli organlardan ruxsat olish tizimidan faqatgina ularni ogohlantirishga o‘tkazilgan.

Euronews nashrining xabariga ko‘ra, namoyishchilar davlat tomonidan kredit bo‘yicha amnistiya e’lon qilinishi, chet elliklarga davlat yerlarini sotish amaliyotni taqiqlash va mamlakatda Xitoyning iqtisodiy ekspansiyaga qarshi kurash talablari bilan chiqishdi.

Shuningdek, e’tirozlar qatorida siyosiy faollarni hibsdan ozod etish ham qayd etildi, deyiladi xabarda.

Namoyishlar natijasida 100 nafardan ortiq kishi, jumladan, Olmaota shahrining o‘zida 70 nafarga yaqin namoyishchi hibsga olingani ma’lum qilindi.