Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 9 iyun kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 4,88 so‘mga ko‘tarilib, 10 153,19 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 194,27 so‘mga qimmatladi va 11 456,86 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Rubl 3,9 so‘mga ko‘tarildi va 147,95 so‘mni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, bu dollar kursining uchinchi hafta o‘sishi bo‘lib, ushbu davr damomida AQSHning milliy valyutasi so‘mga nisbatan jami 23,63 so‘mga qimmatlagan (10 139,30 so‘mdan hozirgi 10 153,19 so‘mgacha).

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 9 so‘mga qimmatlab, jami 10 148,31 so‘mni tashqil qilgandi.