Toshkent viloyatining Qibray tumanida devor qulab tushishi oqibatida uch kii hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Hodisa 6 iyun kuni soat 16:45larda tumanning Baytqo‘rg‘on MFYda joylashgan “Baytqo‘rg‘on temir beton mahsulotlari” MCHJ hududida sodir bo‘lgan. Balandligi 4 metr, uzunligi 95 metr bo‘lgan devor qulab tushgan.

Natijada ushbu devorga tutash ayvonda ishlayotgan 3 nafar MCHJ ishchisi beton g‘ishtlar bosib qolishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi (qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.