Shanba kuni O‘zbekistonda 87 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 4094 taga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yangi holatlarning 62 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar, 20 tasi aholi orasidan va 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Aholi orasida kasallanish holati 4 iyun kuni 13 nafar, 5 iyun kuni 17 nafar bo‘lgan bo‘lsa, shanba kuni 20 nafarni tashkil etib, so‘nggi uch kun ichida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Shuningdek, shanba kuni koronavirus aniqlangan bir bemor hayotdan ko‘z yumib, ushbu infeksiyadan vafot etgan soni 17 nafarga yetdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar fuqaro sog‘ayib chiqishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4094 nafar bemordan 3268 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 809 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Shu kungacha jami 438 602 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 394 310 nafari karantindan chiqarilgan.

️Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 313 nafar, statsionar karantinda esa 20 979 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda