5 iyun kuni soat 18.00 va 19.00 oralig‘ida, Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida (eski Archako‘cha) yoshlar o‘rtasida ommaviy pichoqbozlik sodir bo‘ldi (video).

Toshkent IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, janjal oqibatida ikki nafar yigit pichoq bilan yaralanib, shifoxonaga yetkazilgan.

Mojaroning boshqa qatnashchilarining shaxslari va ishtirokchilarning umumiy soni aniqlanmoqda. Ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Hodisa Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olingan.