Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Safar davomida to‘qimachilik, hunarmandchilik, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga prezidentning tashrif buyurishi va viloyatdagi bunyodkorlik ishlarining ko‘zdan kechirilishi kutilmoqda.

Oldinroq, hukumat vakillari So‘x tumanidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun viloyatga tashrif buyurishgan edi.