8 iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda avtobusda harakatlanishga ruxsat berildi, deya xabar beradi Koronavirus Info rasmiy kanali.

Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi:

  • avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish;
  • haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish choralarini ko‘rish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish.

Transport vazirligining mas’ul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Respublika maxsus komissiyasi yo‘lovchilardan esa karantin talablariga qat’iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash so‘ramoqda. Jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.