5 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3965 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin марказидаги (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 5 nafari Samarqand viloyatida hamda yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 2 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 862 kishi davolanmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 21 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 27 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan, dedi Nurmat Otabekov.

Ayni paytda mamlakatda 3087 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. O‘n olti kishi hayotdan ko‘z yumgan.