OTMga hujjatlar faqat onlayn qabul qilinadi. Bu haqda Xuquqiy axborot rasmiy kanali DTM rahbari Majit Karimov so‘zlariga asoslanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • pasport;
  • diplom;
  • til bilishi sertifikati;
  • imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

2020 yil bitiruvchilari uchun esa:

  • pasport;
  • bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:
1) dtm.uz sayti orqali;
2) my.gov.uz portali orqali.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.

Shuningdek, oldingi yillarda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun to‘lov bu yil 111,5 ming so‘m miqdorda bo‘lishi belgilandi, deya xabar beradi Rasmiy xabarlar kanali. Taxminan 700 ming atrofida maktabni oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar hujjat topshirishi kutilmoqda.

O‘tgan yildan boshlab avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning 50 foizi miqdorida (101 ming so‘m) to‘lov undirish yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan yili ushbu tizim orqali abituriyentlardan 70 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ tushgani xabar qilingan edi.