Jorj Floyd o‘limi bo‘yicha Minneapolislik sobiq politsiya xodimi Derek Shovinga qo‘yilgan ayblov og‘irlashtirildi. Floydni qo‘lga olishda ishtirok etgan yana uchta politsiya xodimlariga ham ayblov qo‘yildi, deya xabar beradi CNN.

9 daqiqa davomida Floydning bo‘ynini tizzasi bilan bo‘g‘ib turgan Shoven avval ehtiyotsizlik oqibatida o‘ldirishda ayblanayotgan bo‘lsa, endi qasddan bo‘lmagan o‘ldirishda ayblanmoqda. Ushbu ayblov bo‘yicha jazo 40 yilga ozodlikdan mahrum etilishigacha bo‘lishi mumkin.

Jorj Floydni ushlab turishda ko‘mak bergan 37 yoshli Tomas Leyn va 26 yoshli Aleksandr Kueng, hamda voqea joyi yaqinida turgan Tu Tao jinoyatga sherik bo‘lganlikda va qasddan sodir etilmagan jinoyatlarda ayblanmoqda. Ular qamoqqa olingan.


Chapdan o‘ngga: Derek Shoven, Tu Tao, Tomas Leyn i Aleksandr Kueng. Foto: CNN.

44 yoshli Derek Shoven 29 may kuni hibsga olingan edi. Barcha to‘rtta politsiya xodimlari Floydning o‘limidan keyin ishdan haydalgan edi.

Jorj Floyd 25 may kuni Minneapolisda mayda firibgarlikda gumon qilinib, qo‘lga olinganidan keyin vafot etgan edi. Uning o‘limi AQSHda politsiya xodimlarining zo‘ravonligi va irqchilikka qarshi namoyishlarni boshlab yuborgan edi.