2 iyun kuni So‘x tumaniga vertolyot orqali hukumat a’zolari va bir guruh vazirlar yetib kelishdi, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati So‘x tumani hokimligi.

Tashrif buyurganlar tumandagi muammolarni o‘rganib, dastur tayyorlash va bu orqali mavjud muammolarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq, 1 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov So‘x tumani aholisi bilan uchrashuvda bu haqda ma’lum qilgan edi.