28 may — 1 iyun kunlari oralig‘ida qizil kitobga kiritilgan 2040 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tabiat qo‘yniga 2040 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan “International fund for houbara conservation” markazida ko‘paytirilgan.


Ma’lumot uchun, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.