Ushbu haftada 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi

O‘zbekiston Transport vazirligi xorijdagi fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida amalga oshiriladigan charter reyslar jadvalini e’lon qildi. 1−7 iyun kunlari Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, BAA va Misr Arab Respublikasi shaharlariga jami 9 ta qatnov amalga oshriladi.

1−7 iyun kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali:

  • 1 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent
  • 2 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
  • 3 iyun. Toshkent — Sharja — Toshkent
  • 3 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
  • 4 iyun. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
  • 5 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
  • 6 iyun. Qohira — Toshkent — Qohira
  • 6 iyun. Toshkent — Novosibirsk — Toshkent
  • 7 iyun. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent

Avvalroq Transport vazirligi fuqarolar ro‘yxatga olish uchun mamlakatning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilishlari kerakligini ma’lum qilgan edi. Yo‘lovchilar ro‘yxati Uzbekistan Airways kompaniyasi taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxat asosida o‘zbekistonliklar samolyot bortiga qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, 25−31 may kunlari amalga oshirilgan sakkizta reys orqali Rossiya va Turkiyadan O‘zbekistonga 2118 nafar fuqaro qaytarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev may oyi o‘rtalarida O‘zbekiston xorijdan 39 ming nafar fuqaroni qaytarganini ma’lum qilgan edi. Yana 12 ming fuqaroning olib kelishini kutilmoqda.