Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov karantin davrida chakana savdoda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida Spot.uz onlayn nashriga izoh berdi.

Zafar Hoshimov chakana savdodagi quyidagi o‘zgarishlarni sanab o‘tgan.

Birinchidan, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosida savdo hajmi 70% dan 100% gacha tushib ketgan.

Ikkinchidan, onlayn buyurtmalar sezilarli darajada o‘sdi.

Uchinchidan, oziq-ovqat mahsulotlari assortimentida impulsli xaridlar katta zarar ko‘rgan, ammo asosiy mahsulotlar: un, makaron mahsulotlari, don va yormalar, shakar, konservalar, sabzavotlar, go‘sht, tovuq, tuxum savdosi o‘sdi. «Karantinning dastlabki haftalarida kutilmagan tarzda kartoshkaga talab ayniqsa taasurotli bo‘ldi, — deydi Korzinka.uz asoschisi.

To‘rtinchidan, nooziq-ovqat mahsulotlar assortimentida, antiseptiklar, sovun va boshqa shaxsiy parvarish buyumlari savdosi ko‘paydi. Soqol olish buyumlari va tish pastalari sotuvi kamaydi.

Beshinchidan, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oshxona va oshpazlik buyumlari, shuningdek, kabob-barbekyu, ko‘mir- o‘choq kabi buyumlar savdosi tobora kuchayib bormoqda. Uy ichi va sirtlarni yuvish va tozalagichlarga uchun ishlatiladigan mahsulotlarga talab ortib bormoqda.

«Karantin boshida bo‘lgan ulkan xaridlardan keyin biz talab asta-sekin pasayishini kutgandik. Ammo, umuman olganda, sotuvlar mana uchinchi oy mobaynida hali-xanuz karantindan avvalgi darajaga tushmagan», — deya ta’kidladi Zafar Hoshimov.

U bunga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkinligini aytgan:

  • odamlar uyda qolgan va odatdagidan ko‘proq ovqatlanishmoqda;
  • shuningdek, umumiy ovqatlanish joylari ishlamayotganligi;
  • karantin sababli aholi xorijga safarga chiqmayapti.

Korzinka.uz asoschisi karantindan keyin ba’zi zamonaviy tendensiyalar va afzalliklar, ehtimol, davom etishini aytgan. Masalan, onlayn xarid ko‘pchilik uchun yangidan kashf etilgan vosita bo‘lganligini ta’kidlagan.

«Nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi Internet orqali rivojlanishi kerak. Bu uzoq kelajakda ularning hayot-mamot masalasiga aylanishi mumkin. Gigiyena vositalariga, antiseptiklarga va dezinfeksiyalash vositalariga talab davom etadi. Sovunga bo‘lgan talab ko‘payganicha qoladi, deb o‘ylayman. Tarmoqdagi barqaror savdoning yana bir muhim omili xavfsizlikdir, chunki biz ilgari misli ko‘rilmagan epidemiologik xavfsizlik choralarini tatbiq etmoqdamiz», — deydi Zafar Hoshimov.