27 may kuni taxminan 09:00 22 yoshli Damas haydovchisi N. T. Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Iskana aholi manzilidagi ichki yo‘ldan harakatlanib ketarkan, ikki yoshli bolani bosib ketdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, bola olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.