Boeing kompaniyasi 2019 yil dekabrida to‘xtatilgan 737 MAX samolyotlarini ishlab chiqarishni qaytadan yo‘lga qo‘ydi.

“Samolyotlar ish joyida xavfsizlik va mahsulotlar sifatini oshirishga qaratilgan o‘ndan ziyod tashabbuslar amalga oshirilgani sababli rejalashtirilgandan ko‘ra sekinroq tezlikda qurilmoda”, — deyiladi aviasoz bayonotida.

Mazkur modeldagi laynerlardan foydalanish Indoneziya va Efiopiyada 346 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviahalokatlardan keyin butun dunyoda to‘xtatilgan edi. Jumladan, O‘zbekiston ham 2019 yil 13 martdan boshlab o‘z aeroportlarini Boeing 737−8 MAX va Boeing 737−9 MAX samolyotlarini qabul qilish va jo‘natish uchun yopgan edi.

Taxminlarga ko‘ra, samolyotlarning qulab tushishiga layner tizimlaridan biridagi nuqsonlar, tizimning noto‘g‘ri ishlashi sabab bo‘lgan. Ushbu nuqson va nosozliklar, uchuvchilarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, falokatni keltirib chiqargan.