Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi ayol (1997 y. t.) ikki yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Qo‘lga olish bo‘yicha tadbir Bosh prokuraturaning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazildi. Ayol bolasini boshqa bir ayolga 7700 dollarga sotishni xohlagan.

Qo‘lga olingan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19 may kuni Qoraqalpog‘istoning To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini 15 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingan edi.