25 may kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 67 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

YTH taxminan 00:20 da Nasaf ko‘chasida sodir bo‘ldi. 23 yoshli Lacetti haydovchisi J. Yu. mashinani orqaga boshqarar ekan, keksa ayolni urib yuboradi va hodisa joyidan yashirinadi.

Ayol olgan tan jarohatlaridan voqea joyida hayotdan ko‘z yumadi.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-kismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.