27 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3355 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ta’kidlanishicha, yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Toshkent shahrida, yana 4 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Karantin markazida, qolgan 11 nafari ham karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Jami kasallanganlarning 16 nafari xorijdan kirib kelgan fuqarolarda, qolgan 6 nafari esa yurtimizda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

Hozirigi paytga qadar kun davomida mamlakatda 65 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 2659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Bunda, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deyiladi xabarda.