27 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 31 nafari Navoiy viloyatidan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Toshkent shahridan hamda 2 nafari Namangan viloyatidan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan, deyiladi xabarda.

Ayni paytda mamlakatda 2636 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Respublika bo‘ylab COVID-19 infeksiyasidan 683 kishi davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.