Shamuratov Rustam Azatovich Qoraqlapog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining maxsus farmoyishi qabul qilindi.

Tayinlovga qadar Rustam Shamuratov Ellikqal’a tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Undan avvalroq, Rustam Shamuratov Qoraqalpog‘iston Moliya vazirligining To‘rtko‘l tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.