26 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3290 (+9) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazida, qolgan 6 nafari Samarqand viloyatida karantinga olingan fuqarolar ichida aniqlangan. Seshanba kuni 75 ta yangi koronavirus holati haqida xabar qilindi (bir kun avval — 51 ta).

Ayni paytda mamlakatda 2636 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Ushbu infeksiyadan vafot etganlar soni esa 14 nafarni tashkil etmoqda.

️Hozirda mamlakatda davolanayotgan 640 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.