26 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3281 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabarga ko‘ra, yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 15 tasi Karantin markazidan, 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Avvalroq, koronavirus bemorlari soni 46 nafarga ortib, jami 3261 kishini tashkil etgan edi. Shu bois kun davomida 66 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 2624 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.️ Hozirda respublika bo‘ylab 644 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.