Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter yuk reysi bilan Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga uchinchi insonparvarlik yordami partiyasi yetib keldi, deya xabar berdi “Dunyo” AA,

Yuk tarkibi 2 tonnaga yaqinroq bo‘lib, matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta ko‘p vazifali tibbiy karavotlardan tashkil topgan. Yordam Suwan TPL kompaniyasi va mamlakatning Seuldagi elchixonasi ko‘magida uyushtirildi.

Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq, vazni 17 tonnaga yaqin bo‘lgan insonparvarlik yordamining qolgan qismi charter reys tashkil etilishi bilan olib kelinadi.

Janubiy Koreya O‘zbekistonga aprel oxiri va may o‘rtalarida ilk insonparvarlik yordamlarini yuborgan edi.