25 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3215 (+26) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari Karantin markazida aniqlangan. Ulardan 23 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) kirib kelgan va karantinga olingan. Yana 2 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga olingan.

Shuningdek, 1 nafari esa Toshkent viloyatida Qozog‘istondan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Bugun kasalligi tasdiqlangan 51 nafar bemorning 36 nafari (70 foizi) xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar bo‘lsa, qolgan 15 nafari esa karantin muassasalari hamda aholi orasidan aniqlangan.


Ayni paytda mamlakatda 2607 (+42) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Sog‘ayganlarning 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 17 nafari Samarqand viloyatidan hamda 21 nafari Toshkent shahridan.

️Hozirda mamlakatda davolanayotgan 595 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.