2020 yil 25 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9 nafarga oshib, jami 3189 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlanib, ularning 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olishgan. Qolgan 1 nafari esa Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 25 taga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 2607 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Sh️uningdek, hozirda respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 569 kishi davolanmoqda.