Uzreport TV telekanali Toshkent shahri hokimiyati va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» olnlayn-loyihasini tayyorlamoqda, deya xabar berdi Uzreport axborot agentligi.

«Bitiruvchilar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilar jonli traslyatsiya qahramonlari bo‘lishadi, bayram esa „Xayr, maktabim“ qo‘shig‘i bilan tugatiladi», — deyiladi xabarda.

Bayramda har bir xohlovchi qatnashishi mumkin. Buning uchun, ular o‘z postida #bitiruvchi_2020_online xeshtegini ishlatishlari kerak.

«So‘nggi qo‘ng‘iroq — bu bitiruvchilar va ularning oilalari intiqlik bilan kutadigan an’ana. Hozirgi vaziyat sababli biz o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik, shuning uchun ushbu tadbirni onlayn tarzda tashkillashtiryapmiz. Umid qilamizki, ushbu tadbir an’anaviy bayram o‘rnini bosa oladi va bitiruvchilarni keyingi yillardagi katta hayotlari uchun kerakli quvvat va yaxshi kayfiyat bilan ta’minlaydi», — deydi Uzreport TV telekanali bosh muharririning birinchi o‘rinbosari Alisher Azimov.

Tadbirni 25 may kuni soat 8:30 dan boshlab Uzreport TV kanalida, hamda kanalning Facebook va YouTube tarmoqlaridagi sahifalarida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Oldinroq Xalq ta’limi vazirligi ushbu o‘quv yili uchun yakuniy imtihonlar bekor qilinganligi haqida xabar berilgan edi.